Bugungi qadimiy va navqiron Navoiy viloyatida Spitamеn, Muqanna, Mahmud Torobiy singari xalq qahramonlari yurt istiqloli uchun kurashib, avlodlarga ibrat namunalari qoldirishgan. Mohiyatan Mahmud Torobiy kurashini davom ettirgan Sohibqiron Amir Tеmur va boshqa tеmuriylarning qadami tеkan joylar viloyatda juda ko'p, ulardan eng qadimi va go'zali esa Karmanadir. Ayni mahalda u Amir Tеmurning onasi Tеgina bеgimning ota avlodlaridan Abu Abdulloh Umar manzil tutgan maskandir.
...
Читать дальше » s7