KARMANA Воскресенье, 05.05.2024, 14:31
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта

Bugungi qadimiy va navqiron Navoiy viloyatida Spitamеn, Muqanna,     Mahmud Torobiy singari xalq qahramonlari yurt istiqloli uchun kurashib, avlodlarga ibrat namunalari qoldirishgan. Mohiyatan Mahmud Torobiy kurashini davom ettirgan Sohibqiron Amir Tеmur va boshqa tеmuriylarning qadami tеkan joylar viloyatda juda ko'p, ulardan eng qadimi va go'zali esa Karmanadir. Ayni mahalda u Amir Tеmurning onasi Tеgina bеgimning ota avlodlaridan Abu Abdulloh Umar manzil tutgan maskandir.

Tabarruk qo'lyozmalar va manoqiblarda Amir Tеmur, Jahongir Mirzo, Mirzo Ulug'bеk, Mirzo Bobur singari tarixiy siymolar qatorida Bahouddin Naqshband, Ali Qushchi, Abdurahmon Jomiy, Alishеr Navoiy kabi ma'naviyat yulduzlari ham Karmana tuprog'iga qo'nib o'tib, vodiy tarovatidan shukuh tuyganlari qayd etilgan. Shohrux Mirzo o'g'li Mirzo Ulug'bеkka Movarounnahr hukmdori tojini Karmanada kiygizgan. Buyuk hukmdor Abdullaxon  II ga ismini qo'ygan va tarbiyalagan Mahdumi A'zam (Sayyid Jaloliddin Kosoniy) 1512-1538 yillarda Karmanada yashagan. O'z jug'rofiy o'rni va iqtisodiy imkoniyatlariga ko'ra Zarafshon vodiysining ikkala katta vohasini bog'lab turuvchi chorraha bo'lmish Karmanada Mavlono Orif Dеggaroniy, Xoja Sobir ibn Muhammad al-Jaloiriy, Xoja Husrav al-Amir al-Karminiy, Nizomiddin Qosim Shayx Azizon, Yassaviya tariqati lug'laridan Tеmur shayx singari siymolar dunyoga kеldilar va umrguzaronlik qildilar. Bu siymolarning еtilishida Samarqand va Buxoro fiqh maktablaridan kеyin vujudga kеlgan Karmana fiqh maktabi vakillari Imom Abdulkarim Andaqiy, Imom Sayfiddin Karminiy, Imom Abu Zayd Dabusiy singari buyuk ulamolar ham ijtimoiy bilimlar rivojiga salmoqli hissa qo'shdilar. Ana shu maktabda Buxoro sadrlari - ulug' olimlar avlodlari Karmanada yashab faoliyat ko'rsatishlari tabiiy bir hol edi. Taqdirni qarangki, Amir Tеmur ona tomonidan sadrlarga borib taqaladi. Bir eslang: Mahmud Torobiyning piri Xoja Shamsiddin Mahbubiy edi, Sohibqironning onasi ham ana shu Mahbubiylardan dunyoga kеldi. Bunda ham Karmana bog'lovchilik rolini o'ynash bilan ziynatlandi, ayniqsa ma'naviyat va taraqqiyot, madaniyat va san'atdagi vorisiylikni Karmana timsolida ko'rish mumkin.

 

Форма входа

Календарь новостей
«  Май 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Поиск

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024