KARMANA Воскресенье, 05.05.2024, 14:45
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта

Mir Said Bahrom maqbarasi Karmana shahrining markaziga yaqin Mir Said Bahrom mahallasining shimoliy  egarasida joylashgan. Maqbara X-XI asrlarga xos bo'lib mamlakat hisobidagi yodgorliklar qatoriga kiradi. Maqbara bir gumbazli, to'rtburchak shaklda, hamma tomoni bir xil o'lchovdagi pishiq g'ishdan tiklangan. Bino bir necha bor ta'mir qilinib dastlabki ko'rinishini tiklagan. Uning old qismi juda ustalik bilan bezatilgan, g'ish turli usulda terilib unga har xil shaklda bezak berilgan. Maqbaraning janubiy tomonida bitta eshik bor, uning tepa qismida ungurador panjarali tuynuk ochilgan. Bosh fasat pishiq g'ishtdan qayta terilgan, unda geometrik naqshlar, kufiy usulda bitik yozilgan.   Maqbara o'rtasida Mir Said Bahromning qabri bor. Qabr yonida arabcha so'zlar yozilgan ikkita qabr toshi ham saqlanib qolgan.   Asliba Mir Said Bahrom to'g'risida aniq ma'lumotlar yo'q. Ehtimol u kishi musulmon dinining  yirik nomoyondalaridan biri bo'lgandir. Ehtimol SAMONIYLAR sulolasi vakillaridan biridir.Chunki maqbara qurilish jihatidan, Buxorodagi Ismoil Samoniy maqbarasiga o'hshab ketadi. Maqbaraning birinchi tatqiqotchisi A.K.Pisarchik hisoblanadi.  XX asrning 60 yillarigacha bu yodgorlik ko'pchilik e'tiborini tortib kelgan. 1969 yilning qattiq qishida ko'p qor - yomg'ir yog'isi natijasida maqbara binisi qisman cho'kib devorlari va gumbazlarida yoriqlar paydo bo'lgan. Hozir Mir Said Bahrom maqbarasi atrofi obodonlashtirilib, uning yonida "Yoshlik" bolalar istirohat bog'i tashkil etilgan. 1965-1970 yillarda maqbara yonida ayvonli masjid bo'lgan, keyinchalik u buzilib ketgan. Bugungi kunda buzilib ketgan ayvonli masjid qayta tiklanib o'z holatiga qaytarilmoqda. 

Форма входа

Календарь новостей
«  Май 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Поиск

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024